Ajib taom - bolgarcha pishirilgan qo`y go`shti

12:16, 18 noyabr

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 1 kg. qo`y go`shti (yog`li bo`lsin), 3 bosh piyoz, 3 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq tomat pastasi, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, qora murch, lavr yaprog`i, ko`k piyoz, petrushka, maydalangan qizil murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qo`y go`shtini o`rtacha kattalikda bo`laklab, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring.

2. Piyozni mayda to`rtburchak shaklida to`g`rab, qovurilayotgan go`shtga qo`shing. Tuz sepib, yana 5 daqiqa qovurishda davom eting.

3. Qovurmaga un solib, aralashtiring. Maydalangan qizil murch seping. Keyin go`sht botadigan miqdorda qaynoq suv soling. Lavr yaprog`i solib, 1 soatcha past olovda dimlang. Go`sht mayin va yumshoq pishishi kerak.

6. Qora murch donalari, tomat, maydalab to`g`ralgan ko`k piyoz va sarimsoq piyozni solib, yana 15 daqiqa dimlang. Ko`katlar bilan bezab, dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 2 soat

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!