Xonanda Anvar Sobirov qiz farzandli bo`ldi

14:19, 18 noyabr

Xonanda va aktyor Anvar Sobirov yana bir bor otalik baxtiga sazovor bo`ldi. 

Bu haqda xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. 

“Allohga shukur, yana ota bo`lish baxtiga muyassar qildi, umri bilan bergan bo`lsin”,—deb yozdi Anvar Sobirov chaqaloqning suratini izohlab. 

Ma`lumotlarga ko`ra, qizaloqqa hali ism qo`yilmagan. 

Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” tahririyati nomidan Anvar Sobirovni mazkur quvonchli hodisa munosabati bilan muborakbod etamiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!