Xitoylik fermer cho`chqalarni sport bilan shug`ullanishga majbur qildi

14:34, 18 noyabr

Xitoylik fermer sog`lom va go`shti mazali bo`lishi uchun cho`chqalarini balandlikdan suvga  sakrashga o`rgatdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Xitoyning Xunun viloyatida yashovchi Xuan Demin (Huang Deming) ismli fermer to`rt yildan beri fermasidagi cho`chqalarni sport bilan shug`ullanishga majbur qiladi. Fermer har kuni cho`chqalarni ferma yaqinidadagi hovuz bo`yida joylashgan uch metrlik vishkaga haydab boradi, cho`chqalar balandlikdan suvga sakragandan keyin, ularni hovuz atrofida aylantirib, sayr qildiradi.

Fermer aynan shunday mashqlar orqali cho`chqalarning immun tizimi mustahkamlanishiga, kamroq kasal bo`lishiga ishonadi. Bundan tashqari, balandlikdan sakrash va suvda suzish ularning ishtahasini ochadi, natijada cho`chqalar ko`proq oziqlanadi va tezroq o`sadi, deb hisoblaydi. Xuan Deminning fikricha, bunday “sportchi” cho`chqalarning go`shti juda ham mazali bo`lar ekan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!