Ko`z pardozidagi xatongizni bilasizmi?

14:39, 18 noyabr

1.     Pastki qovoqlarni qora qalam bilan bo`yash juda chiroyli ko`rinadi, ammo kichik yoki o`rtacha kattalikdagi ko`zlar uchun emas. Katta ko`zli sanamlar hech ikkilanmay bu usuldan foydalanishlari mumkin.

2.     Yaltiroq tenlar ko`zlarni katta ko`rsatadi, jilosiz quruq tenlar urf bo`lishiga qaramay, aksincha shaxlo ko`zlaringizni kichik ko`rsatishi mumkin. Ayniqsa, bunday turdagi tenlarni yuqori va pastki qovoqlarga birdek surtsangiz bas, manoli qarash haqida orzu qilmasangiz ham bo`ladi.

3.     Tabiiy ko`rinishni istab, yuz va ko`z tagiga tonal krem surtmoqchimisiz. To`xtang! Ko`zlaringiz xuddi ukkinikidek dum-dumaloq kichkina bo`lib qoladiku. Hech bo`lmasa kipriklarga tush surting.

4.     Ko`pchilik xonimlar moviy va jigarrang ko`zlarga shu rangdagi tenlardan, foydalanishadi. Bunday holatda xech bo`lmasa, tenlar ustidan to`q rangli suyuq qalam surtilmasa, ko`zlar ko`rimsiz tus olishi mumkin.

5.     Agar professional pardoz sirlaridan voqif bo`lmasangiz, jigarrang qalam va suyuq qalamlarni pastki qovoqqa surtmaganingiz maqul. Ko`zlaringiz suzilganday ko`rinib qoladi. Jigarrang – murakkab rang, undan foydalanishni o`z ustasiga qo`yib berganingiz ma`qul.

6.     Pastki va ustki qovoqlarga suyuq qalamni surtib uchlarini birlashtirsangiz yapon xonimlaridan kam joyingiz qolmaydi. Buning oldini olish uchun suyuq qalamni faqatgini ustki qovoqqa surting.

7.     Qorachig`i chuqur joylashgan ehtirosli ko`zlar sohibalariga, bunday tabiat in`omini kichraytirib ko`rsatib qo`ymaslik uchun to`q va jilosiz, quruq tenlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bunday tenlar ko`zlarni yanada chuqurroq ko`rsatib, go`zalligiga putur etkazadi.

8.     Ish yoki mexmonga shoshilayotganda hech bo`lmasa kipriklarga tush surtishga ulguring. Jayron ko`zingizga ko`z tegmasin!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!