Rajab Toyyib Erdo`g`on O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi (Foto)

14:46, 18 noyabr

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on 17 noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurgani haqida avvalroq xabar bergandik. 

18 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev hamrohligida Turkiya rahbari O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi. U Islom Karimov qabriga gullar qo`yib, O`zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Prezident qabri oldida o`qilgan tilovatdan so`ng Rajab Toyyib Erdo`g`on va Shavkat Mirziyoev muzokara o`tkazish uchun yo`l oldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog`on Samarqandda O`zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuv o`tkazdi.

Prezident qarorgohida o`tgan uchrashuv 2 soatu 40 daqiqa davom etdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi. Shundan so`ng rahbarlar Turkiya va O`zbekiston delegasiyalari ishtirokidagi rasmiy tushlikda bo`lishdi. 

Turkiya prezidentiga safar davomida bosh vazir o`rinbosarlari Veysi Kaynak va Turgul Turkesh, HK Bosh shtabi rahbari general Xulusi Akar, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoglu, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilmoqda.








Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!