Pishloqdan savatchalar - ichida salati bor!

15:19, 18 noyabr

Zarur masalliqlar (6 kishilik): 200 gr. pishloq, 100 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 50 gr. quritilgan non (suxari), 1 ta qizil bulg`or qalampiri, 1 osh qoshiq zaytun yog`i, 1 choy qoshiq limon sharbati, salat bargi, ko`katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazing. Keyin qog`oz to`shalgan patnisga aylana shaklida solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 4-5 daqiqaga qo`ying.

2. Pishloqlarni pechdan olgach, stakan yordamida suratdagidek qilib savatchalar yasang.

3. Tovuq go`shtini to`rtburchak, qizil bulg`or qalampiri, salat bargi va ko`katlarni maydaroq qilib to`g`rang. Keyin hammasini aralashtirib, tuz, murch seping.

4. Salatni ehtiyotkorlik bilan pishloqli savatchalarga soling. Keyin zaytun yog`i va limon sharbati solib, tuz, murch seping. Yuzasini quritilgan non va maydalangan ko`katlar bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti: 30 daqiqa

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!