Saratonga chalingan qiz kelajakda uyg`onish uchun o`zini muzlatishni talab qildi

17:40, 18 noyabr

Buyuk Britaniyada yashovchi 14 yoshli, sartonning kam uchraydigan turiga chalingan qiz sud orqali o`z tanasini kriogen muzlatish huquqiga ega bo`ldi, deb xabar berdi “Ntv.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, qiz oradan bir necha yillar o`tgach, yangi texnologiya saraton kasalligini davolay oladigan kelajakda uyg`onishga umid qilmoqda.

“Men endigina 14 yoshga kirdim, o`lishni, meni dafn etishlarini istamayman. Kriokonservasiya menga oradan yuz yillar o`tsa-da, qayta tirilish, davo topish imkonini berishiga ishonaman”, dedi bemor qiz.

Qizning onasi farzandining qarorini qo`llab-quvvatlagan, otasi esa qarshi bo`ldi. Sud majlisidan keyin esa ota ham qizining qaroriga ko`nib, fikridan qaytdi.

Sud majlisidan keyin qizning tanasi 37 ming funt sterling (46 ming dollar) evaziga AQShning Arizona shtatida muzlatildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!