“Chelsi” murabbiyi va yarim himoyachisi oktyabr oyining eng yaxshilari bo`ldi

21:24, 18 noyabr

Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar Angliya Premer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



“Chelsi”ning bosh murabbiyi Antonio Konte esa oktyabr oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

Qayd etish kerakki, “Chelsi” oktyabr oyida qatorasiga to`rtta uchrashuvda g`alabaga erishgan.  “Xall Siti” 2:0, “Lester”  3:0, “Manchester Yunayted” 4:0 va “Sautgempton” 2:0 hisobida mag`lub etildi. .

Eden Azar esa barcha uchrashuvlarda maydonga tushib, uchta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!