“Inter” 36 yoshli Stiven Jerrardni o`z safiga qo`shib olishi mumkin

09:50, 19 noyabr

“Liverpul” klubining afsonaviy futbolchisi, ayni damda AQShning “Los-Anjeles Gelaksi” jamoasida to`p surayotgan Stiven Jerrard faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.

Dekabr oyida Stivi Jining amaldagi klub bilan kelishuvi o`z yakuniga etadi va u shartnomani uzaytirmaydi. Yarim himoyachiga “Inter” klubi qiziqish bildirmoqda va unga mavsumning ikkinchi yarim uchun bitim taklif qilmoqda.

Stiven Jerrard erkin agent sifatida “Inter”ga qo`shilishi kutilmoqda.  Tomonlar shaxsiy shartrnoma borasida muzokaralar o`tkazmoqda.

Joriy mavsumda Jerrard MLSning 22 o`yinida maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!