Nokli chizkeyk - desert uchun ajoyib shirinlik!

10:20, 19 noyabr

Zarur masalliqlar (8 kishilik): 300 gr. un, 250 grammdan yog`li tvorog va smetana, 150 grammdan yog`siz tvorog va shakar, 4 ta nok, 4 dona tuxum, 1 paket vanilinli shakar, 6 osh qoshiq o`simlik yog`i, 2 osh qoshiqdan kraxmal va ezilgan zanjabil, 3 choy qoshiq yumshatgich (razrxlitel), tuz.

Tayyorlanishi: 1. Yog`siz tvorogni shakarning yarmi, o`simlik yog`i va 1 dona tuxum bilan yaxshilab aralashtiring. Tuz, vanilinli shakarni ham soling. Keyin un va yumshatgichni qo`shib, xamir tayyorlang. Xamirni aylanasi 30 sm.lik qolipga soling. Xamirning balandligi 3 sm. bo`lsin.

2. 3 dona tuxumning oqini sarig`idan ajratib, yaxshilab ko`pirtiring. Tuxum sarig`ini esa yog`li tvorog, smetana va qolgan shakar bilan aralashtiring. Kraxmal va ezilgan zanjabilni ham qo`shing. Keyin ko`pirtirilgan tuxum oqini solib, aralashtiring.

3. Tvorogli aralashmani xamir ustidan soling. Xamirning chetlarini ko`tarib, tvorogli aralashma ustidan yoping. Noklarni tozalab, ikkiga bo`ling va o`rtacha qalinlikda ko`ndalangiga to`g`rang. Xamir ustidan noklarni joylashtirib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

Tayyorlanish vaqti: 1 yarim soat

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!