Amerikalik erkak 43 yillik qamoq jazosidan keyin oqlandi

11:48, 19 noyabr

Amerikalik Jeyms Robert Makklarkin nomli mahbus 43 yillik qamoq jazosidan keyin shartli ravishda turmadan ozod etildi, deb xabar berdi “Mail.ru”  nashri.

Jinoiy ish qayta ko`tarilganda, uning aybsizligi ma`lum bo`ldi. 

1977 yilda Makklarkin qotillikda ayblangan. O`sha paytda u o`g`irlikda ayblanib, to`rt yildan beri qamoqda o`tirgan. Uning qotillikda ayblanishiga bir kishining ko`rsatmasi sabab bo`lgan. O`shanda Makklarkin aybini tan olmagan. Oradan 43 yil o`tgandan keyin polisiya uning jinoyatni rad etuvchi alibisi borligini aniqladi. Bu jinoiy ish bo`yicha yana bir kishi qamoqqa olingandi. Ammo uning alibisi ham juda kech tasdiqlandi, u 2015 yilda qamoqda vafot etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!