Shahzoda Muhammedova xonanda Qilichbek Madaliev bilan duet kuyladi(Video)

12:28, 19 noyabr

Aktrisa, dizayner, boshlovchi va xonanda, bir so`z bilan aytganda serqirra ijodkor Shahzoda Muhammedova xonanda Qilichbek Madaliev bilan duet kuyladi.

Bu haqda Shahzoda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma`lum qildi. 

“Xalqimiz ardog`idagi afsonaviy san`atkor Oxunjon Madalievning farzandlari Qilichbek Madaliev taklifiga binoan yangi tarona yozyapmiz”,—deb yozdi Shahzoda Instagram`dagi sahifasida. 

Mazkur yangi duet tarona Qilichbek Madalievning 1-2 dekabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan “Oshiqligimni ayting” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!