Messi sahovatli ishga qo`l urdi yohud u terma jamoa qo`riqchilari maoshini to`lab berdi

13:56, 19 noyabr

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi  mamlakat futbol federasiyasining terma jamoa qo`riqchilari oldidagi qarzlarini to`lab berdi.

Futbol federasiyasidagi yuzaga kelgan inqiroz tufayli ular mamlakat terma jamoasini himoya qiluvchi qo`riqchilarga deyarli 6 oydan buyoon maosh to`lay olmagan. Shu sabali ular bu masalada shaxsan Messining o`ziga murojaat qilishdi. Bu haqda Diario Uno nashri xabar bermoqda.

Jurnalist Xuan Palo Varskining aytishicha, Braziliya bilan o`yindan oldin qo`riqchilar Messining oldiga kelishib shunday deyishgan: “Sen bilan gaplashib olishimiz kerak. Biz 5-6 oydan buyon maosh olmayapmiz. Sen jamoa sardorisan va shu sabab sendan yordam so`raymiz”.

Shundan so`ng, Messi otasiga qo`ng`iroq qilgan va shaxsiy hisobidan qo`riqchilarning maoshini to`lab bergan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!