Ronaldu “Real Madrid” muxlislari nafratiga duchyor bo`ldi

16:19, 19 noyabr

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa muxlislarining nafratiga duchyor bo`ldi. Portugaliyalik hujumchi mashg`ulotlarning birida o`z jamoadoshiLukas Vaskesga qarshi o`ta qo`pol o`ynadi.

“Sports.uz” nashrining ma`lum qilishicha, Ronalduning bu qilig`i jamoadoshlariga ham, muxlislarga ham yoqmadi. Ularning aksariyati Krishtianu joriy mavsumdagi omadchizliklari alamini jamoadoshlaridan ola boshladi degan fikrni ilgari surmoqda.

Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda beshta gol urdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!