APL. "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jangovar durang qayd etdi

19:47, 19 noyabr

Angliya chempionati 12-turida "Manchester Yunayted" jamoasi "Arsenal" futbolchilarini o`z maydonida qabul qildi. 

Qiziqarli va murosasiz ruhda o`tgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. O`yinning 68-daqiqasida Xuan Mata gol kiritdi. Olive Jiru esa 89-daqiqada hisobni tenglashtirdi. 

"Manchester Yunayted" – "Arsenal" 1:1 

Gollar: 1:0 – 68 Mata, 1:1 – 89 Jiru. 

Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Jons, Darmian (Blind, 64), Valensiya, Mata (Shnayderlin, 85), Errera, Kerrik, Pogba, Marsyal (Runi, 63), Reshford.

Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Djenkinson (Oksleyd-Chemberlen, 83), Koselni, Remzi, Koklen (Jaka, 80), Uolkott, O`zil, Sanches, El-Nenni (Jiru, 73).

Ogohlantirishlar: Sanches (16), Darmian (25), Mata (69), Remzi (86), Jaka (90), Runi (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!