O`zbekistonlik tennischilar xalqaro turnirning juftlik bahslarida finalga chiqdi

22:35, 19 noyabr

Qozog`istonda o`smirlar o`rtasida o`tkazilayotgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida tennischilarimiz Laylo Bahodirova va Milana Maslenkova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O`zAning xabar qilishicha, Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqaning juftlik bahslari yarim finalida Laylo va Milana rossiyalik tennischilar Alyona Nikishina va Aleksandra Mironovaga qarshi kortga chiqib, 7:5, 6:0 hisobida zafar quchdi.

L.Bahodirova hamda M.Maslenkova final uchrashuvida qozog`istonlik Dariya Detkovskaya va rossiyalik Avelina Sayfiddinova juftligi bilan kuch sinashadi.

Laylo Bahodirova turnirning yakkalik bahslarida Alyona Nikishinani 6:0, 6:3 hisobida engdi va yarim finalda yana bir rossiyalik tennischi Mariya Tkacheva bilan raqobatlashadigan bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!