La Liga. “Barselona” kutilmaganda o`z maydonida “Malaga” bilan durang o`ynadi

23:28, 19 noyabr

Ispaniya chempionati 12-turidan o`rin olgan “Barselona” va “Malaga” klublari o`rtasidagi uchrashuv o`z nihoyasiga etdi. Unda 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etildi.

Qayd etish kerakki, 68-daqiqadan boshlab kataloniyaliklar bir kishi ko`p bo`lib o`ynadi. 90-daqiqada esa “Malaga”ning yana bir futbolchis maydonni tark etdi. Shunga qaramay, “Barselona” o`z uyida ochko yo`qotdi.

“Barselona” azaliy raqibining “Atletiko”ga qarshi o`yini oldidan muhim ochkolardan mosuvo bo`ldi.

Barselona – Malaga 0:0

Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Din (Alba, 62), Suares (Andre Gomesh, 68), Serdji Roberto, Rafinya (Rakitich, 77), Buskets, Turan, Neymar, Pako Alkaser.

Malaga – Kameni, Torres, Lorente, Rikka, Vilyanueva, Fornals (Duda, 90), Xuan Karlos, Anor, Ontiveros (Luis, 69), Rosales, Sandro Ramires (En-Nesiri, 81).

Ogohlantirishlar: Rikka (22), Ontiveros (62).

Chetlatishlar: Lorente (68), Xuan Karlos (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!