"Lokomotiv" o`z tarixida ilk bor O`zbekiston chempioniga aylandi

11:47, 20 noyabr

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi O`zbekiston Professional Futbol Ligasining 2016 yilgi mavsumi chempioniga aylandi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati rasman ma`lum qildi. 

Oliy Liga 29-tur o`yinlari doirasida 17 noyabr kuni chempionat turnir jadvalining ikkinchi pog`onasidan o`rin egallab turgan "Bunyodkor" o`z maydonida "Navbahor"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o`ynab, 1 ochkoni qo`lga kiritdi va turnir peshqadami - "Lokomotiv" bilan ochkolar sonini tenglashtirish uchun imkoniyati qolmadi.

"Temirylchilar" 18 noyabr kuni 29-tur doirasida o`z maydonida bo`lgan Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi o`yinga chempion sifatida tushdi va yirik - 4:1 hisobi bilan g`alaba qozondi.

O`yin yakunlangach, "Lokomotiv"ga chempionlik kubogini topshirish marosimi o`tkazildi. 
Shu tariqa 2002 yilda tashkil etilgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi o`z tarixida ilk bora O`zbekiston chempioniga aylandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!