A Seriya. Milan derbisida jagovar durang qayd etildi

06:56, 21 noyabr

Italaliya chempionati 13-tur markaziy o`yinida Milan shahrining ikki klubi — "Milan" va "Inter" o`zaro bahs olib borishdi. 

Murosasiz kechgan o`yinda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Suso hisobni ochgan bo`lsa, 53-daqiqada Antonio Kandreva muvozanatni tikladi. 

5 daqiqadan so`ng yana Suso "Milan"ni oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida esa Ivan Perishich gol kiritib, "Inter"ni mag`lubiyatdan saqlab qoldi. 

"Milan" – "Inter" 2:2

Gollar: Suso, 42, 58 – Kandreva, 53, Perishich, 90+2

"Milan": Donnarumma – Abate, Paletta, Gomes, De Shilo – Kuska, Lokatelli, Bonaventura (Pashalich, 88) – Suso, Bakka (Mati Fernandes, 71), Nyang (Lapadula, 79).

"Inter": Xandanovich – D`Ambrozio, Miranda, Medel (Murilo, 37), Ansaldi (Nagatomo, 65) – Brozovich (Yovetich, 75), Mariu, Kondogbiya – Kandreva, Ikardi, Perishich.

Ogohlantirishlar: Kuska, De Shilo – Kondogbiya, Ansaldi, Yovetich, Perishich.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!