APL. Diego Kostaning yagona goli "Chelsi"ni turnir peshqadamiga aylantirdi

07:16, 21 noyabr

Angliya chempionati 12-turida Londonning "Chelsi" jamoasi "Middlsbro" klubi bilan o`zaro bahs olib bordi. Murosasiz kechgan o`yinda "Chelsi" 1:0 hisobida g`alaba qozondi. 

Uchrashuvning 41-daqiqasida Diego Kosta tomonidan kiritilgan yagona gol londonliklarni 3 ochko keltirdi. Mazkur g`alabadan so`ng "Chelsi" ochkolari hisobini 28 taga etkazib, turnir peshqadamiga aylanib oldi. 

"Middlsbro" – "Chelsi" 0:1

Gol: Diego Kosta, 41

"Middlsbro": Valdes – Barragan, Cheymbers, Gibson, da Silva (Dauning, 71) – Forshou (Lidbitter, 89), Kleyton (Fisher, 73), de Roon – Traore, Ramires – Negredo

"Chelsi": Kurtua – Aspilikueta, David Luis, Kexill – Mozes (Ivanovich, 89), Kante, Matich, Alonso – Pedro (Chaloba, 80), Diego Kosta, Azar (Oskar, 90+2)

Ogohlantirishlar: Kleyton, Cheymbers – Aspilikueta, David Luis, Kante

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!