Bananli «Napoleon» - yangicha uslubda tayyorlangan!

11:32, 21 noyabr

Zarur masalliqlar (8 kishilik): 500 gr. qatlama xamir, 300 gr. sariyog`, 3 dona banan, bir yarim stakandan shakar va sut, 1 stakan un, 2 osh qoshiq limon sharbati.

Tayyorlanishi: 1. Qatlama xamir bo`laklarini yoymasdan, yog`langan patnisga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo`ying.

2. Un va shakarni yaxshilab aralashtirib, elakdan o`tkazgan holda qizdirilgan idishga soling. Keyin sovuq sut solib, past olovda quyilguncha qaynating.

3. Sariyog`ni bo`laklab, qaynayotgan kremga solib, aralashtirib turgan holda qaynating.

4. Xamir sal sovigach, gaz pechidan olib, qavatlarini ajrating. Keyin yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.

5. Bananlarni aylana shaklida to`g`rang.

6. Pishgan qatlama xamirlar orasiga krem surtib, ustidan bananni qo`ying-da, bir-biriga yopishtirib chiqing. Tort sovigach, 2 soatga muzlatkichga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!