Saratonga chalingan onasini qutqarish uchun xitoylik qiz o`zini 50 ming dollarga sotishga qaror qildi

11:51, 21 noyabr

Xitoylik, 19 yoshli Sao Menyuan ismli qiz 50 ming dollar evaziga o`zini sotishi haqida e`lon berdi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Sao Meenyuanning bunday qarorga kelishiga onasining saraton kasalligiga chalingani va uning operasiyasiga 50 ming dollar kerak bo`lganligi sabab bo`lgan. Qiz bunday og`ir vaziyatdan chiqish uchun o`zini sotishdan boshqa yo`l topolmagan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida Sao Menyuanning murojaati e`lon qilinib, onasini operasiya qildirish uchun 50 ming dollar pul zarurligini, shu miqdordagi pulni bergan odam uning tanasidan istagan maqsadida foydalanishi mumkinligi bildirilgan.

Uning murojaatiga javoban, Saoni sotib olishga rozi bo`lgan “saxovatli” odam  topilgan. Hozircha u qizni nima maqsadda sotib olmoqchi bo`layotgani noma`lum. Qizning 45 yoshli onasi bir umr fermer bo`lib ishlagan, vrachlar unda teri saratonini aniqlashgan. Ayolni davolash uchun 50 ming dollar zarur. Oilaning tibbiy sug`urtasi bo`lmaganligi, puli yo`qligi uchun tibbiy to`lovlarni to`lashga qurbi etmaydi.

Oilaning puli yo`qligi sababli qiz maktabni ham tashlashga majbur bo`lgan, u qariya otasi va uka-singillarini boqish uchun har qanday qora ishni bajaradi.

Saoning bu e`loni Xitoy ijtimoiy tarmoqlarini larzaga soldi. Foydalanuvchilar “Uning o`rnida bo`lganimda men ham shunday yo`l tutgan bo`lardim”, “Bu vaziyatda qizning aybi yo`q, uning jasorati tahsinga loyiq”, degan fikrlarni bildirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!