Qorningiz og`risa, ANOR sharbati iching!

12:00, 21 noyabr

Astma, ateroskleroz, kamqonlik, immunitet pasayishi, qorin og`riqlari, yurak-qon tomir hamda ichaklar faoliyati buzilishida, ich ketish kabi holatlarda anor mevasi va undan tayyorlanadigan sharbatlar tavsiya etiladi.

Resept:

  • Gijjalarni tushirishda: 50 gr. anor po`stlog`ini 2 stakan sovuq suv bilan aralashtirib, o`rta olovda qaynatiladi. Damlama tayyor bo`lish jarayonida suv ikki baravar kamayishi kerak. So`ng dokadan o`tkazib, iliq holatda 1 soat davomida oz-ozdan ichiladi. Suyuqlik qabul qilingach, surgi dori tavsiya etiladi.
  • Diareyada: ich ketishi, qorin sohasidagi og`riqlarda anor po`stini maydalab, kuniga 3 mahal ovqatlanishdan keyin 1 choy qoshiqdan ichiladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun esa anor sharbatini teng miqdorda qaynagan suv bilan aralashtirib beriladi. Diareyani keltirib chiqaruvchi infeksiya tayoqchalari anor po`sti tarkibidagi moddalar tufayli o`z ta`sirini yo`qotadi.
  • Milklar shamollashi, yumshashida: anorning mevasi iste`mol qilinib, po`stlog`i ozroq suvda qaynatiladi. Damlama bilan og`iz bo`shlig`i chayilganda milklar mustahkamlanadi. Biroq bu muolajani muntazam takrorlash mumkin emas, aks holda tish emaliga ta`sir etishi mumkin.
  • Teri jarohatlarida: quritib maydalangan anor po`stlog`idan teri jarohatlarida, kuyganda, ochiq yaralarda foydalanish mumkin. Bunda jarohat yuzasi anor sharbati bilan artilib, so`ng maydalangan po`stlog`ining kukuni sepiladi. Bu malham ochiq turdagi jarohatlar uchun mo`ljallangan bo`lib, teri bitishini tezlashtiradi.

Kimlarga mumkin emas?

Anor sharbatini doim suv bilan aralashtirib iste`mol qilish lozim. Anordan tayyorlanadigan malhamlar o`tkir nefrit, gepatit, pankreatit, oshqozon yaralarida tavsiya etilmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!