“Pulingizni naqd AQSh dollariga aylantirib beraman”

12:24, 21 noyabr

Davron Mukarramov anchadan beri ishlab topgan pullarini yig`ib yurgan edi. Pulini AQSh dollariga aylantirib qo`ymoqchi bo`ldi. Bankda ishlaydigan tanishi Venera Gatinaga uchrashib, maslahat so`radi:

—  Olti millionga yaqin pulim bor. Shuni dollarga aylantirmoqchi edim, qanday qilsam bo`ladi? Bankdan ololamanmi?

—  Sizga maslahatim, bankdan oling. Istasangiz Toshkentdagi bosh ofisimizda tanishlarim bor, ular orqali olib beraman.

—  Dollar xalqaro to`lov kartasiga tashlab berilmaydimi? — deya Davron ayolga savolomuz yuzlandi.

—  Yo`q, sizga naqd 2 ming dollar olib beraman? — deya Venera qatiyat bilan gapir-di.

Uzoq suhbatdan so`ng Davron rozi bo`ldi. Bir necha kundan keyin 5 yarim mln. so`mni mashinasiga solib Veneraning yoniga keldi.

Pulni ko`rgan ayol "Ketdik, Toshkentga boramiz" dedi. Yo`lda Venera kimga qancha dollar olib bergani, qanday olib bergani haqida og`iz ko`pirtirib maqtanib keldi. Davron esa unga borgan sari ishona boshladi.

Ular poytaxtga kelishdi. Venera bosh ofisga kirib, yarim soatda qaytib chiqdi. "Pulni birovga berishimiz kerak ekan" — dedi. So`ng ular shahardagi ko`pqavatli uylardan birining yonida to`xtashdi.

Bundan xavotirga tushgan Davronga Venera xavotir olmaslikni, ular aldashmasligini, bu ishni birinchi marta qilmayotganini aytdi. Garchi ikkinlansa ham Davron pulni uzatdi.

—  Uch kundan so`ng hal bo`larkan, — dedi qaytib chiqqach. — O`zimning ming dollarim ham bor. Uniyam olib ketaman.

Uch kun emas, uch oy o`tdi. Puldan darak bo`lmadi. Davron aldanganini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozdi. Sud Venera Gatinani aybdor deb topib, uni ma`lum muddatga muayyan huquqdan mahrum qildi va eng kam ish kakining 50 baravari miqdorida jarima tayinladi. Shuningdek, undan Davron Mukarramov foydasiga etkazilgan zarar undiriladigan bo`ldi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!