Yaponiya imperatorining kelini va nabirasi avtohalokatga uchradi

12:38, 21 noyabr

Yaponiya imperatori Akixitoning kelini, malika Kiko va nabirasi shahzoda Xisaxito o`tirgan avtomobil yo`l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Avtohalokat Kanagava prefekturasi Sagamixara shahrida yuz bergan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTH ishtirokchilaridan biri ikkinchisini borib urgan. Biroq ayb kimda bo`lganligiga aniqlik kiritilmagan. 

Imperator saroyi boshqarmasining ma`lum qilishicha, imperator oilasi a`zolariga shikast etmagan. 

Malika Kiko imperator Akixitoning kichkina o`g`li shahzoda Akisinoning rafiqasi hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!