Lola: “ Hamma ‘Bilmaysan’ sobiq turmush o`rtog`imga atalgan deb o`yladi...”

12:44, 21 noyabr

Xonanda Lola o`zining yangi “Bilmaysan” deb nomlangan taronasi kimga atalgani haqida so`zlab berdi. 

Xonanda “MY5” telekanalida namoyish etilgan “19.09” ko`rsatuvida ishtirok etdi va ko`rsatuv muallifi Baxtiyor To`raxonovning qiziqarli savollariga javob berdi.

Lola “Bilmaysan” qo`shig`ining yaratilishi haqida shunday deydi:

—Bilasizmi, “Bilmaysan” kimga atalgani ko`pchilikni qiziqtirdi. Ko`pchilik bu qo`shiqni sobiq turmush o`rtog`imga atalganini taxmin qildi. Biroq bunday emas. Men unga atab qo`shiq kuylamayman.  U uzoq o`tmishda qolgan. Hozir esa mening o`z yo`lim va o`z hayotim bor, men baxtliman. Men bu qo`shiqni tashlab ketilgan va xiyonatga duchor bo`lsa-da, hali hamon o`sha insonni sevishda davom etayotgan ayollarning qalb iztirobini his etgan holda kuyladim. 

Lolaning “Bilmaysan” qo`shig`i muxlislar e`tiboriga 7 noyabr kuni taqdim etilgan edi. 

Ma`lumot uchun, bugun “Istiqlol” san`at saroyida Lolaning uch kunlik konsert dasturiga start beriladi. “Darakchi.uz” jamoasi ham konsertda mehmon bo`ladi. Konsertdan reportajni saytimizda o`qishingiz mumkin bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!