Ispaniya chempionati muxlislari uchun ajoyib yangilik: UzReport TV La Liga o`yinlarini translyasiya qiladi

12:48, 21 noyabr

UzReport TV telekanali Ispaniya chempionati o`yinlarini translyasiya qiladi. Telekanal O`zbekiston hududida La Liga o`yinlarini translyasiya qilish huquqini sotib olganini rasmiy sayti orqali ma`lum qildi.

Xabarda ta`kidlanishicha, o`zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda UzReport TV Ispaniya chempionatining mavsum davomida qolgan 25 tur o`yinlarini jonli efirda ko`rsatadi.

Ta`kidlash joiz, shu vaqtga qadar O`zbekiston xududida birorta telekanal La liga translyasiyasiga rasmiy huquqni qo`lga kiritmagan edi.

UzReport TV tomonidan Ispaniya chempionati translyasiyasi sotib olingan va ayni vaqtda bu borada texnik ishlar olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!