Mushuk pod`ezdga tashlab ketilgan chaqaloqni o`limdan qutqardi

12:51, 21 noyabr

Rossiyaning Obninsk shahrida pod`ezdga tashlab ketilgan chaqaloqni olib ketish uchun kelgan “Tez yordam” mashinasining ortidan Murka laqabli mushuk ergashdi, deb xabar berdi “Love-psy.ru” nashri.

Kaluga viloyatining Obninsk shahrida joylashgan uylardan birida Murka laqabli mushuk yashaydi, uni uyda yashovchi barcha aholi yaxshi ko`radi. Yaqinda u noma`lum shaxs tomondan pod`ezdga tashlab ketilgan chaqaloqni isitib, bolani o`limdan qutqardi.

Ko`p qavatli uylardan birida yashovchi, hamshira bo`lib ishlovchi Nadejda Maxovikova mushukning ayanchli miyovlashini eshitib hayron bo`ldi. U birortasi mushukni qiynayaptimikan, degan xayolda pod`ezdga chiqdi. Shunda axlat tashlanadigan quvurning yonida turgan qutiga ko`zi tushdi. Quti ichida esa chaqaloq yotardi. Mushuk quti atrofida bezovta bo`lib aylanardi. Ayol shoshilib, bolani qo`liga oldi, pod`ezd sovuq bo`lishiga qaramay, mushuk chaqaloqni tanasi bilan sovuqdan himoya qilgani uchun chaqaloq issiqqina, sovuq qotmagan edi.  

Bolaga toza, qalin kiyim kiydirilgan bo`lib, hatto idishchada suti ham bor edi, biroq uning kimligi, kim tashlab ketgani haqida xat qoldirilmagandi. Polisiya va “Tez yordam” mashinasi etib kelgunga qadar mushuk bezovta bo`lib, bolaning yuzidan yalashga harakat qildi.

— Menimcha u chaqaloqni o`z bolasi, deb qabul qilgan, — deydi Nadejda Maxovikova.

Vrachlar bolani “Tez yordam” mashinasiga olib chiqayotganda, Murka ham mashinaga chiqishga harakat qilgan, ammo uni mashinaga mindirishmagan. Qo`shnilarning aytishicha, u mashinaning qaytishiga umid qilib, ancha vaqtgacha yo`lga ko`z tikib, o`tirgan. Keyin esa ortiga qaytib, bola yotgan qutini uzoq hidlagan.

Shahar kasalxonasiga olib ketilgan chaqaloqning ahvoli qoniqarli, polisiya uning ota-onasini qidirmoqda. 

Buni ko`rib, hayvonlar bolasiga odamlardan ko`ra, mehribonroq ekanligiga amin bo`lasan kishi...

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!