Poyafzal rangida gap ko`p...

14:34, 21 noyabr

Mutaxassislarning fikricha, oyoq kiyimining rangi ham katta ahamiyatga ega ekan. Xo`sh, bu haqda nimalarni bilamiz?

Qora - tartibga soladi, yovuzlik quvvatini qirqadi.

Malla - hasadni yuzaga keltiradi, sohibida o`zidan qoniqish hissini tuydiradi, biroq bahs va ziddiyatlarga moyillik chaqiradi.

Qizil - har qanday salbiy ta`sirdan ajoyib himoya, ayniqsa, hasaddan; sohibidan atrofdagi noxushliklarni uzoqlashtiradi, biroq charchoq, befarqlik chaqiradi;  atrofdagilarning ko`z oldida ijtimoiy maqomingizni oshirib ko`rsatadi.

Och malla - oshqozon-ichak va peshob yo`llari ishini yaxshilaydi, agressiyani bosadi, yomonlikni qaytaradi.

Ko`k va siyohrang - bunday oyoq kiyimda muhim, mas`uliyatli qarorlar qabul qilish oson, rejalar tuzish, ijodda yordam beradi. Bunday oyoq kiyimni kiyib yurganda bosh og`rig`i qoladi. Hayajonlar bosiladi.

Oq rang - ko`tarinkilik bag`ishlaydi, biroq erinchoqlik keltirib chiqarishi mumkin. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!