O`zbekistonlik bokschilar yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida munosib ishtirok etmoqda

15:07, 21 noyabr

Boks bo`yicha O`zbekiston yoshlar terma jamoasi a`zolari Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqda, deya ma`lum qildi O`zA. 

Dunyoning oltmishdan ziyod davlatidan uch yuzdan ortiq sportchi ishtirok etayotgan nufuzli musobaqaning vazni 52 kilogrammgacha bo`lgan charm qo`lqop ustalari o`rtasidagi bellashuvlarda Otabek Xolmatov qirg`izistonlik Fathiddin Hamroev va vengriyalik Istvan Szakani engib, navbatdagi bosqichga chiqdi. 

Vazni 56 kilogrammgacha bo`lgan bokschilar o`rtasida Shunqor Abdurasulov italiyalik Matteo Pirrerani, 60 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilar bahsida Bilolbek Mirzarahimov qozog`istonlik Sanatali Toltaevni, vazni 64 kilogrammgacha bo`lgan bokschilar bellashuvida Behruz Rahmonov ozarbayjonlik Baxtiyor Gazibekovni mag`lubiyatga uchratdi. 

69 kilogrammgacha vazn toifasida iqtidorli bokschimiz Ulug`bek Sobirov yaponiyalik Jen Kuroyanagi va jazoirlik Samir Mekauxe ustidan g`alaba qozondi. Vazni 75 kilogrammgacha bo`lgan bokschilar o`rtasida Shohrux Rustamov belaruslik Egor Skomorox va ozarbayjonlik Rasim Chobanliga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Yosh sportchimiz Sanjar Tursunov 81 kilogrammgacha vazn toifasida litvalik Vilandas Valsiukasni, vazni 91 kilogrammgacha bo`lgan charm qo`lqop ustalari o`rtasida Shohro`z Rahimov xitoylik Remula Abudorexituni mag`lub etdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!