Olimlar ayolning qaysi yoshi erkaklarni ko`proq maftun qilishini aniqlashdi

15:18, 21 noyabr

Finlyandiyaning Turku universiteti olimlari so`rovnoma o`tkazib, qaysi yoshdagi ayollar erkaklarni ko`proq maftun qilishini aniqlashdi.

Aniqlanishicha, erkaklar ko`proq 23 dan 28 yoshgacha bo`lgan ayollarni afzal ko`rishadi. So`rovnomaning ma`lumotlari ayolning go`zalligi 24 va 25 yoshlarda namoyon bo`lishini ko`rsatdi.

Ushbu tadqiqot yangilik kashf qilgani yo`q, shunchaki asrlar osha isbotlanib kelayotgan nazariyani yana bir bor isbotladi. 

Ma`lum bo`lishicha, 25 yosh ayol uchun homilador bo`lish uchun eng maqbulidir, sababi bu yoshda ayollarning fertilligining avj nuqtaga etib, omadli homiladorlikning ehtimoli kata bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!