«Sehrli xumcha» - taom ichida taom

15:56, 21 noyabr

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 1 ta o`rtacha kattalikdagi qovoq, 200 gr. qo`ziqorin, 100 ml. sho`rva (kubiklardan foydalansangiz ham bo`ladi), 3 ta kartoshka, 1 bosh piyoz, 3 osh qoshiq tomat, 2 osh qoshiq sariyog`, yarim bog`dan shivit va kinza, o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqning ustki qismini ehtiyokorlik bilan kesib oling. Keyin ichini o`yib olib, urug`idan tozalang. Sariyog`ni qovoqning ichiga surtib chiqing.

2. Qo`ziqorinni bo`laklarga ajratib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.

3. Kartoshkalarni kichikroq qilib to`g`rab, qovurib oling. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, uni ham tillarangga kirguncha qovuring-da, keyin tomat soling. Oxirida sho`rvani qo`shib, maydalangan ko`katlarni ham soling.

4. Qovoq ichiga kartoshka, qo`ziqorinni solib, tuz, murch seping. Keyin piyozli qaylani quyib, qovoqli qopqoqni yoping. 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Keyin pishloq qirindisini sepib, yana 15 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 40 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!