“Poedem, poedim!” ko`rsatuvining navbatdagi soni O`zbekistonda suratga olindi (Video)

16:32, 21 noyabr

Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari NTV (Rossiya) telekanalining Jon Uorren boshchiligidagi “Poedem, poedim!” dasturi ijodkorlari mamlakatimizga tashrif buyurib, Xivaning diqqatga sazovor joylarida suratga olish ishlarini olib borishdi

19 noyabr kuni mazkur dasturning yangi soni efirga uzatildi. Ko`rsatuv davomida boshlovchi Jon Uorren “ochiq osmon ostidagi muzey” - Xiva shahri, “Lazgi” raqsi haqida hikoya qiladi, sahro qo`ynida quyosh botishini kuzatadi, mahalliy bozorlarni aylanadi va lag`mon tayyorlash sirlari bilan o`rtoqlashadi. Shuningdek, boshlovchi Toshkentdagi bo`lib o`tgan Xalqaro sayyohlik yarmarkasida, Abulqosim madrasasida, Oloy bozorida ham bo`ldi.

Ko`rsatuvning yangi sonini quyida tomosha qiling:

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!