Qashqadaryolik “hojatbaror” domla qo`lga tushdi

16:52, 21 noyabr

U o`qishga kiritishni va`da qilib 19 mln. 200 ming so`mni olgan-u, ammo buning uddasidan chiqmagan va...

O`qishga kiritib qo`yuvchi "hojatbaror"larning nayranglari kundalik hayotimizga, so`zlashuvimizga shunchalik singib ketdiki, ularning xatti-harakatidan fuqarolarimiz hech qanday g`ayritabiiylikni, shubha-gumonni sezmaydigan bo`ldi. “Huquq” gazetasining 44-sonida chop etilgan bir jinoiy tafsiloti ana shu fikrning isboti, deyish mumkin.

Qarshi Davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti o`qituvchisi X.Hazratqulovga ham universitetda ishlayotgani boshqalarni aldashida qo`l keldi. U mirishkorlik R.Faqirov va A.Xudoyberdievlarga universitet tabiiy fanlar fakultetining kimyo yo`nalishiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da berayotganida test jarayonida faqatgina bilimi borlarga omad kulib boqishini unutgan edi.

R.Faqirov va A.Xudoyberdievlar domlaning gaplariga ishonib, 19 million 200 ming so`m pul berishadi. Test sinovlari o`tgach esa ular o`qishga kirganliklariga qattiq ishonishgandi. Biroq natija butunlay boshqacha bo`lganini ko`rib, ular darhol domlaning huzuriga oshiqishdi. X.Hazratqulov pulni qaytarmaslik uchun yigitlarni turli bahonalar bilan avray boshlaydi. Yigitlar esa uzok vaqt domlaning ortidan yugurib, pullarini qaytarib ololmaydilar. Shundan sung ular bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishadi.

SVOJJDLQK departamentining Mirishkor tumani bo`limi tomonidan mazkur holat bo`yicha X.Hazratqulovga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilib, sudning hukmi bilan unga nisbatan jazo muqarrarligi ta`minlandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!