Toshkentda yo`lning muzlagani oqibatida yo`lovchi tashuvchi marshrut yo`ldan chiqib ketdi

16:56, 21 noyabr

Bugun ertalab soat chamasi 9 larda Toshkentda jiddiy YTH yuz berdi – yo`lovchi marshruti yo`ldan chiqib ketdi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarga joylandi, deb xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Mazkur voqea S-5 mavzesidagi “Sentral” kafesi ro`parasida sodir bo`ldi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, “Gazel” rusumli marshrut taksi sirpanchiq yo`lda surilib ketgan va yo`ldan chiqib ketgan. Hodisa joyiga YHXB xodimlari va tez tibbiy yordam mashinasi etib kelgan.

Dastlabki ma`lumotlarga qaraganda, yo`lovchilardan hech kim jiddiy zarar ko`rmagan. Haydovchilarning aytishlaricha, shaharning markaziy ko`chalarida muzlama yo`q – tunda yo`llarga qum va tuz sepilgan. Biroq ayrim ko`chalarda hali hamon muzalagan yo`llar mavjud.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!