Lionel Messi sog`lig`idagi kichik muammodan keyin maydonga qaytishga tayyor

09:00, 22 noyabr

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Seltik” klubiga qarshi Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida maydonga tushishga tayyor, deb xabar bermoqda "iSport.ua".

Argentinalik futbolchi sog`lig`idagi kichik muammo tufayli “Malaga”ga qarshi (0:0) Ispaniya chempionati 12-tur o`yinini o`tkazib yuborgandi.

Shunga qaramay, u kataloniyaliklarning so`nggi mashg`ulotida qatnashdi va bo`lajak o`yinga tayyor. Joriy mavsumda Messi barcha turnirlarda 14 o`yin o`tkazib, 16 ta gol kiritdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!