Zlatan Ibragimovich qatorasiga 10-yil Shvesiyada eng yaxshi futbolchi bo`ldi

09:32, 22 noyabr

Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Shvesiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.

Shu tariqa 35 yoshli hujumchi qatorasiga 10 marta ushbu nomga munosib ko`rilgan. Zlatan ilk marta 2005 yilda vatanida eng yaxshi futbolchi bo`lgan edi.

Kelasi yil bu nom "Arsenal" yarim himoyachisi Fredrik Yunbergga nasib qilgan. Shundan buyon tinimsiz ravishda Ibrahimovich eng yaxshi bo`lib kelmoqda/ 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!