Bugun sayyoramizda eng kuchli magnit bo`roni kuzatiladi

09:54, 22 noyabr

21 noyabrdan 22 noyabrga qadar Erga 2016 yil davomidagi eng kuchli magnit bo`roni yopiriladi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Bunday magnit bo`ronining vujudga kelishiga Quyosh atmosferasida yoriqning paydo bo`lishi sabab bo`ldi.

Mutaxassislar hozircha quyosh shamollarining qanday quvvat darajasi bilan Erga yo`nalganini aniqlay olishmadi. Magnit bo`ronlari har bir odamga har xil ta`sir ko`rsatadi. Kimnidir migren bezovta qilsa, kimningdir qon bosimi ko`tariladi, xronik kasalliklar qaytadan bosh ko`tarishi mumkin. Texnikaga keladigan bo`lasak, magnit bo`roni ularga ham ta`sir etmay qolmaydi. Yo`ldoshli va radioaloqalar ishida uzilishlar bo`lishi kuzatiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!