Vizajistdan 8 maslahat

10:22, 22 noyabr

Nasiba NURMATOVA, vizajist tavsiya etadi:

1.    Yuz teringizni qisqa muddat ichida tetiklashtirish uchun avval galma-galdan issiq va sovuq suvda yuzingizni yuving, so`ng mineral suv bilan chayib oling. Bu qon almashunivini yaxshilaydi va krem ta`sirini kuchaytiradi.

2.    Ko`z atrofidagi qopchalardan xalos bo`lish uchun korrektordan foydalanish  eng samarali va tezkor usul sanaladi. Korrektor surtilgandan so`ng bir necha daqiqa o`tgach, juda oz miqdorda ko`z kremidan foydalaning. Bu ko`z atrofi terisini bir tekis ko`rinishda bo`lishiga yordam beradi.

3.    Teri ranggiga mos keluvchi tonal kremni tanlash uchun avval uni iyagingizga surting. Bir daqiqadan so`ng krem tana haroratida eriydi, shunda rangi sizning tabiiy rangingiz bilan mos kelishi yoki kelmasligini aniqlab olishingiz oson kechadi.

4.    Yoshingiz ulg`aygani sayin ten va yog`upa (rumyana) tanlashga alohida etibor qaratish lozim. Yog`li yaltiroq tenlar ajinlarga singib, yoshingizni «sotib qo`yadi». Judayam to`q rang rumyana yuzga charchagan ko`rinish beradi.

5. Pardoz qilish jarayonida iloji boricha yuzingizga ham chap, ham o`ng tomondan yorug`lik tushishiga e`tibor qarating.

6. Nigohlaringizga yorqinlik bag`ishlamoqchi bo`lsangiz, bir vaqtning o`zida bitta rangning 2-3 xil turini ishlating. Ya`ni yorqin rangli tenni qoshning tagiga, o`rtachasini butun qovoqqa va to`qroq rangini esa qovoqning o`rtasiga surting.

7. Manikyur qilishga usta bo`lmasangiz, tirnog`ingizga sutrang lak surting.  U bir tekis surtilmagan bo`lsa ham, buni hech kim payqamaydi. Bitta sharti – avvalo, tirnoqlardagi eski lakni tozalab artish darkor.

8Agar tirnog`ingizni bo`yash va quritishga vaqtingiz bo`lmasa, ularga tirnoq egovlagich yordamida ishlov bering. Professional tirnoq egovlagichdan foydalansangiz, maqsadga muvofiq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!