Yurak, buyrak, me`da-ichak xastaliklari hamda varikozga davo – xurmo

10:29, 22 noyabr

Kuz yakuniga etay deganda pishib etiladigan xurmoning shirin ta`mi ko`pchilikka manzur. Bilsangiz, uni sevib iste`mol qilgach, organizmimiz kerakli vitamin va minerallarga to`yinib, bir necha xastaliklarga qarshi kurashar ekan.

 

  • Xurmo tarkibida ko`p miqdorda glyukoza, saxaroza, S, A, RR vitaminlari, limon kislotasi, temir, kalsiy, kaliy, natriy, magniy, oqsil, uglevod, yod mavjud bo`lgani bois, u immunitetni mustahkamlaydi.  
  • Ishtahani ochib, asablarni tinchlantiradi. Ish unumdorligiga salmoqli ta`sir ko`rsatadi.
  • Buyrak kasalliklariga chalingan bemorlar uchun foydali ozuqadir. Chunki xurmo peshob haydash, buyrakdagi toshlarni eritish xususiyatiga ega.
  • Kaliyga boy bo`lgani bois, yuragi bezovta qiluvchi bemorlar kuniga 2-3 dona xurmo eyishsa, dard engillashadi.
  • Yodga boy bo`lgani bois, buqoqning oldini olishga xizmat qiladi.
  • Ichakni kerakli bakteriyalar bilan ta`minlaydi. Shu bois xalq tabobatida me`da-ichak xastaliklarini davolashda keng qo`llaniladi.
  • Ko`z va teri salomatligida o`rni beqiyos. Shuningdek, organizmda saraton rivojlanishining oldini oladi.
  • Xurmoni ko`p iste`mol qiluvchilarning qon bosimi me`yorida bo`ladi.
  • Tomirlarning varikoz kengayishida xurmo yordamga keladi.
  • To`yimli meva bo`lgani bois, uni iste`mol qilganda ochlik hissi kamayadi.
  • O`pka faoliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa,  kashandalar xurmoni ko`p iste`mol qilishlari lozim.
  • Kamqonlikni davolash uchun kuniga ikki marta 100 ml. xurmo sharbatini taomdan avval ichish kerak. Shuningdek, xurmo barglari qo`shib damlangan choy ham foydalidir.
  • Shamollash va yo`talda xurmo sharbatiga qaynatilgan issiq suv qo`shib, tomoqni chayish naf beradi.
  • Xurmo sharbati bilan og`iz chayilsa, milk yallig`lanishini bartaraf qiladi.
  • Xurmo va olmadan kosmetik niqob tayyorlab, yuzga surtilsa, husnbuzarlar ariydi.

 

Shunisi ham borki...

 

  • Tarkibida ko`p miqdorda glyukoza mavjudligi bois, qandli diabetga chalingan bemorlar xurmoni kam iste`mol qilganlari ma`qul. 
  • Oshqozon va ichak operasiyasidan so`ng xurmodan parhez qilish kerak.
  • Vazn yo`qotish harakatida yurganlar xurmoni haddan ziyod ko`p emaganlari ma`qul.
  • Xurmoni sut yoki sovuq suv bilan birga eb bo`lmaydi.
  • Kichik yoshdagi bolalarga bermagan ma`qul.
  • Xurmo pishishi bilan uni birdaniga ko`p miqdorda iste`mol qilmay, kuniga 2 tadan boshlab, asta-sekin 5 tagacha eyish maqsadga muvofiqdir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!