Toshkent shahar hokimligi aholi uchun har bir tumanda dispetcherlik xizmati tashkil etdi

10:56, 22 noyabr

1055 dispetcherlik xizmati aholining qish-qirovli kunlarda issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta`minoti, ko`p qavatli uylarning erto`lalari, kirish yo`laklari, chordoqlar, tom ustidagi barcha muammolar  va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog`liq boshqa masalalar bo`yicha murojaatlarni uzluksiz tun-u kun davomida qabul qilishi va bu muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishini ma`lum qiladi.

Shu bilan birga, to`rt raqamli dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda ham tashkil etilgan bo`lib, ular quyidagi raqamlar orqali aholini qiynayotgan barcha muammolarga zudlik bilan echim topish ustida ish olib boradi:

Bektemir tumani                    - 1068
Mirobod tumani                     - 1079
Mirzo Ulug`bek tumani            -  1075
Olmazor tumani                      - 1070
Sergeli tumani                       - 1071
Uchtepa tumani                         - 1073
Chilonzor tumani                     - 1056
Shayxontohur tumani              - 1077
Yunusobod tumani                    - 1078
Yakkasaroy tumani                   - 1074
Yashnobod tumani                      - 1076

Ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o`rnatiladi. Bir so`z bilan aytganda, Sizning 1055 dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaatingiz ijrosi doimiy nazoratda bo`lishi ta`minlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!