11 yoshli qizcha shkafidan qidiruvdagi jinoyatchini topdi

11:55, 22 noyabr

Amerikaning Oklaxoma shtatida yashovchi 11 yoshli Presli Braun (Presley Brown) xonasidagi shkaf ichida begona yigit o`tirganini ko`rib, dahshatga tushdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

11 yoshli  Presli Braun (Presley Brown) yotoqxonasidagi shkaf ichida o`tirgan  begona erkak — Reys Koks (Race Cox)ni ko`rib, dahshatga tushdi. 26 yoshli yigit qizchaning kiyimlari turgan shkaf ichiga berkingan. Qizchaning baqirganini eshitib, xonaga ota-onasi yugurib kelgan. Qizchaning otasi Koks bilan mushtlashgan, shundan keyin u 100 dollarni o`g`irlab, qochib ketgan. Jinoyatchining qanday qilib uyga kirgani, hozircha noma`lum. 

“Endi har safar shkafga ko`zim tushsa, qattiq qo`rqqanim yodimga tushyapti”, deydi qizcha. Uning shkafiga berkingan Reys Koks polisiya tomonidan qidiruvda bo`lgan. U to`rtta jinoyat yuzasidan ayblangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!