101 yoshli ona 63 yoshli nogiron o`g`lini to dunyodan ko`z yumguncha o`zi parvarish qildi

12:25, 22 noyabr

Onalar haqida ko`plab hikoyalarni eshitganmiz, ular haqida qancha gapirsak ham kam. Quyidagi voqea ona farzandi uchun hamma narsaga tayyorligini, bolasi uchun hatto o`limni ham engib, yuz yoshgacha yashashi mumkinligini yana bir bor isbotlaydi, deydi “Marketium.ru” nashri.

Bu ayolning ismi  Meliya Med Dia (Meliah Md Diah) bo`lib, u Malayziyada istiqomat qiladi. Agar u tirik bo`lganda bu yil 101 yoshga kirgan bo`lardi. U so`nggi nafasigacha 63 yoshli nogiron o`g`lini parvarish qildi.

Eng qizig`i, bu qotma ayol hech qachon taqdiridan nolimagan, hech qachon zorlanmagan. Oyog`i qurib, nogiron bo`lib qolgan o`g`lini to o`lguncha o`zi parvarish qilib, mehribonchilik qildi.  Onasi jon taslim qilgandan keyin nogiron o`g`ilni qo`lda ko`targancha, vidolashish uchun uning yoniga olib borishdi.

Abdul Rahmon Saud etim bo`lib qoldi. To`rt muchasi sog` odam uchun bu juda og`ir ruhiy zarba bo`ladi,  nogiron odam uchun esa haqiqiy dahshatdir. Chunki u qimirlash nari tursin, hattoki gapira olmaydi ham. Vaqt o`tgan sari kampir xotirasini yo`qotgan bo`lsa-da, o`g`lining ismini, uning ehtiyojlarini biror marotaba unutmagan!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!