Krishtianu Ronaldu har yilgi maqsadi nimadan iborat ekanini aytdi

12:58, 22 noyabr

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Oltin to`p–2016” mukofotini qo`lga kiritishni juda xohlayotganini ma`lum qildi.

“Maqsadim har yili “Oltin to`p”ni qo`lga kiritishdan iborat. O`tgan yili ushbu mukofotni yuta olmagandim. Bu safar yutishimga umid qilaman”, – deydi Ronaldu.

Eslatib o`tamiz, Ronaldu “Real” bilan Evropa Chempionlar ligasida g`olib bo`lgandi. Portugaliya termasi bilan esa Evropa chempioniga aylandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!