“Bunyodkor” klubi “Lokomotiv”ni chempionlik bilan, “Nasaf”ni bronza medali bilan tabrikladi

15:08, 22 noyabr

Oliy liga-2016 musobaqalari yakunlanishiga bir tur qolganida barcha sovrindorlar aniqlandi.

“Bunyodkor” futbol klubi poytaxtning “Lokomotiv” jamoasini tarixda ilk marotaba chempionlik unvonini qo`lga kiritgani bilan samimiy muborakbod etdi.

"Bir necha yil mobaynida olib borilgan keng ko`lamli ishlar, nihoyat, samara berdi. Yakunlanayotgan mavsumda “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi va O`zbekiston kubogi musobaqalarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgani tahsinga loyiq. O`z navbatida, Qarshining “Nasaf” jamoasini chempionatning bronza medallari hamda mamlakat kubogi finaliga chiqqani bilan tabriklaymiz!", — deyiladi xabarda.  

Qayd etish joiz, "Bunyodkor" joriy mavsumni kumush medallar bilan yakunlashi avvalroq oydinlashgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!