O`zbekiston hukumati Hindiston xalqiga chuqur ta`ziya izhor etdi

15:28, 22 noyabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo`lladi. 

Maktubda Uttar-Pradesh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo`l halokati oqibatida ko`plab insonlarning nobud bo`lgani va jarohat olgani sababli hamdardlik bildirilgan.

O`zbekiston rahbari chuqur ta`ziya izhor etib, halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga samimiy hamdardlik tuyg`ularini etkazib qo`yishni so`radi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!