23 noyabr kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kuzatilmaydi

15:35, 22 noyabr

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 23 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 20-23, kunduzi 10-13 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushadi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!