Tillarang pirog - hatto qovoqni xushlamaydiganlarga ham yoqadi!

15:50, 22 noyabr

Zarur masalliqlar (10 kishilik): 1 dona uzunchoq shakldagi qovoq, 200 gr. shakar, 150 gr. un, 100 gr. sariyog`, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq qaymoq, 3 osh qoshiqdan kraxmal va limon sharbati, 2 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq limon qirindisi, dolchin, yong`oq, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qovoqni urug`idan tozalab, 50 daqiqaga 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo`ying. Keyin po`stini olib tashlab, qovoqni yaxshilab ezing.

2. Un, sariyog`, 1 dona tuxum va 50 gr. shakarni aralashtirib, xamir tayyorlang-da, yarim soat muzlatkichda qo`ying.

3. Qovoqli bo`tqa sovigach, qolgan shakarni aralashtirib, kraxmal, smetana, dolchin, maydalangan yong`oq, limon sharbati va qirindisi, qaymoqni qo`shing. Qolgan tuxumni ham aralashmaga soling.

4. Xamirni yupqa qilib yoyib, yog`langan qolipga qo`ying. Ustidan qovoqli aralashmani soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqada pishadi. Pishgach, maydalangan yong`oq va qaymoq bilan bezash mumkin.

Tayyorlanish vaqti: 2 soatu 40 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!