Nechta gul sovg`a qilishingizda ham ma`no bor!

16:17, 22 noyabr

Bo`lajak kuyovlar, qalbingizni rom etgan parivashning ko`ngliga chuqurroq kirib borishni istasangiz, gul hadya eting. Quyida esa nechta gul sovg`a qilinganda qanday ma`no borligini yozamiz. O`ylaymizki, yuragingiz malikasi ham ularni o`qiyapti va siz nechta gul hadya etib, nima demoqchi bo`lganingizni bilib oladi. Demak, diqqat qiling:

1 ta gul sovg`a qilsangiz, bu «Sen mening yagonamsan!» demakdir.

3 ta gul — «Sen bilan dunyo kezishni istayman!»

5 ta gul — «Men seni sevaman!»

7 ta gul — Dunyo halqlari orasida «Unashtirish kuni»da aynan shuncha gul beriladi.

9 ta gul — «Seni do`st sifatida hurmat qilaman».

10 ta gul — «Sen uchun nimadir qilishni istayman».

11 ta gul — «Sen mening do`stimsan».

12 ta gul — «Bizga qiyin, lekin o`ylaymanki, hammasi yaxshi bo`ladi».

13 ta gul — «Sendan xafaman».

14 ta gul — «Sen mening borlig`imsan!»

15 ta gul — «Mening hurmatimga munosibsan». 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!