"Lokomotiv" qorli maydonda o`yinoldi mashg`ulot o`tkazdi (Foto)

21:24, 22 noyabr

Ertaga, 23 noyabr kuni «Lokomotiv» oliy liganing oxirgi 30-tur uchrashuvini o`tkazadi. Jamoamiz safarda «Bunyodkor» mehmoni bo`ladi.

«Temiryo`lchilar»ning bugungi mashg`uloti «Lokomotiv» stadionida qor bilan qoplangan maydonda bo`lib o`tdi. Bunda klub tasarrufida bo`lib turgan deyarli barcha futbolchilar ishtirok etishdi, birgina jarohatini davolayotgan Server Jeparovdan tashqari.

Garchi havo sovuq bo`lsa-da, bu narsa yigitlarning astoydil shug`ullanishlariga zarracha ta`sir qilmadi. «Lokomotiv»ni oldinda «Bunyodkor»ga qarshi muhim ikkita bahs kutib turibdi. Jamoamiz dastlab ertaga oliy liganing oxirgi tur bahsini o`tkazadi. 26 noyabr kuni esa «Bunyodkor»ga qarshi yana bir o`yin bo`lib o`tadi: O`zbekiston kubogi yarim final javob bahsi. (Birinchi o`yinda «Lokomotiv» 1:0 hisobida g`alaba qozongan). Ikkala uchrashuv ham 14:00da boshlanadi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!